O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon qutqaruv va himoya kongressida ishtirok etmoqda
2026-10-01 00:50:00 / Yangiliklar

Besh kunga mo‘ljallangan dastur doirasida seminarlar, panel sessiyalari, zamonaviy qutqaruv texnika va jihozlarining ko‘rgazmalari, shuningdek, mutaxassislar o‘rtasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Forumda muhokama qilinayotgan asosiy mavzular qatorida qutqaruv xizmatlarini global iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, yirik o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish, tog‘larda qutqaruv ishlarini tashkil etish, shuningdek, yong‘inlarni bartaraf etish jarayonlarida sun’iy intellekt va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari o‘rin olgan.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari xorijiy hamkasblari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab oladi.
Ta’kidlash joizki, kongress doirasidagi tadbirlar 3 oktyabrga qadar davom etadi.






