Samarqandda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
2026-09-30 18:05:00 / Yangiliklar

O‘quv mashqlari davomida mas’ul tashkilot va xizmatlarning kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda bunday holatlarga tezkor va samarali javob qaytarishga shaylik darajasi sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, hududdagi isitish tizimlarining texnik holati, gaz va elektr tarmoqlarining barqaror ishlashi, ulardan xavfsiz foydalanish talablari, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va tezkor yordam ko‘rsatish imkoniyatlari amaliy jihatdan o‘rganildi.
Mashqlar jarayonida kuch va vositalarning shayligi, maxsus texnika hamda zarur moddiy-texnik resurslarning mavjudligi, mas’ul xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro axborot almashinuvi ham baholandi.
O‘quv mashqlari yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yanada kuchaytirish, mavjud muammolarga o‘z vaqtida еchim topish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Asosiy maqsad — kuz-qish mavsumini aholi uchun xavfsiz va barqaror o‘tkazishni ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularga tezkor javob qaytarish imkoniyatlarini yanada mustahkamlashdan iborat.









