Jizzax viloyatida FVDT xizmatlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazildi
2026-09-30 09:50:00 / Yangiliklar

Mashqlar davomida mas’ul tashkilotlar va xizmatlarning kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularga tezkor va samarali javob qaytarishga shayligi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, isitish tizimlarining sozligi, gaz va elektr tarmoqlarining barqaror ishlashi va ulurdan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda tezkor harakat qilish imkoniyatlari o‘rganildi. O‘quv mashqlari yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavsumga tayyorgarlik ishlarini yanada kuchaytirish va xavfsizlik choralarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish — barchamizning vazifamiz.









