Buxoro viloyatida yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi
2026-09-29 17:30:00 / Yangiliklar
FVV ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarni sog‘lomlashtirish, ularning ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal etish, shuningdek, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan ayrim kamchiliklar joyida bartaraf etilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, kamchiliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash holati va amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.





