Oʻqituvchi va murabbiylar – yurtimizning maʼnaviy tayanchi
2026-09-29 12:10:00 / Yangiliklar

Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, tizimda uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar, vazirlik taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, harbiy xizmatchilar va xizmatchilar, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda vazir o‘rinbosari Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Albatta, mamlakatimizda oʻqituvchi va murabbiylarga berilayotgan ehtirom, ularning kelajak avlod tarbiyasidagi oʻrni, shuningdek, favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning mehnati alohida eʼtiborga molik ekanini taʼkidlab o‘tildi.
Shuningdek, o‘zlarining uzoq yillardan buyon faol va namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh oʻqituvchi va murabbiylar munosib taqdirladilar.
Tadbir davomida yosh xizmatchilar ustozlariga hurmat bajo keltirib, ularning faoliyati namunasi yoshlarga doimo ibrat boʻlishini alohida qayd etdilar.









