TEMURBEKLAR MAKTABIDA TANTANALI VA’DA QABUL QILINDI
2026-09-28 14:15:00 / Yangiliklar
Kuni kecha Shahrisabz shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining birinchi kursiga qabul qilingan o‘quvchilar tomonidan “Tantanali va’da” qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda yangi o‘quvchilar Vatanga sadoqat, xalq va el-yurtga munosib xizmat qilish, harbiy burch va sharafga doimo sodiq qolish haqida tantanali va’da berdilar. Tadbirda harbiy xizmatchilar, faxriylar, ustoz va murabbiylar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning qalbida Vatanga muhabbat, harbiy kasbga hurmat va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Tantanali va’da — Vatan oldidagi sharafli burchga berilgan so‘z!








