Buxoroda FVV faxriylari ishtirokidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda
2026-09-25 19:05:00 / Yangiliklar

Tadbirlarning navbatdagi qismida faxriylar uchun Buxoroning tarixiy va madaniy obidalariga sayohatlar tashkil etildi. Xususan, Chor Bakr tarixiy-me’moriy majmuasi hamda Sitorai Mohi Xosa muzeyiga uyushtirilgan tashriflar ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Shuningdek, faxriylar va yoshlarni bir davra atrofida jamlagan samimiy suhbatlar, ochiq dasturxon atrofidagi dildan muloqotlar avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va ustoz-shogird an’analarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Zero, bunday uchrashuvlar nafaqat boy tariximiz va milliy qadriyatlarimizni chuqur anglash, balki ko‘p yillik xizmat tajribasiga ega faxriylar hayot yo‘lidan ibrat olish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va kasbga muhabbat tuyg‘ularini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.









