Qutqaruvchi maqomi uchun jismoniy va kasbiy sinovlar qabul qilindi
2026-09-24 21:20:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrida joylashgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi tinglovchilaridan qutqaruvchi maqomini olish uchun jismoniy va kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlar qabul qilindi.
Sinovlar FVVning mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartib va mezonlar asosida o‘tkazilib, tinglovchilarning jismoniy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish qobiliyati baholandi.
Mazkur sinovlar qutqaruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda favqulodda vaziyatlarda aholiga tezkor va samarali yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’minlashga xizmat qiladi









