Oltinsoy tumanidagi vazirlikka biriktirilgan “Karsagan”, “Shoxcha”, “Chinor” va “Tog‘aymurod” mahallalari raislari hamda “Mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-09-24 17:40:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.Zuparov hamda Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘i ishtirokida Oltinsoy tumanidagi vazirlikka biriktirilgan “Karsagan”, “Shoxcha”, “Chinor” va “Tog‘aymurod” mahallalari raislari hamda “Mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda mahallalarda kuz-qish mavsumida aholi xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish, ularni amaliy hal etish, shuningdek, ijtimoiy himoya yagona reestrida mavjud fuqarolarga vakolat doirasida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “Tog‘aymurod” mahallasida faoliyat yuritayotgan FVB inspektorining faoliyati, “Mahalla muhofazasi” xonasi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish tadbirlariga jalb etilgan volontyorlar faoliyati o‘rganildi.
Mas’ullarga mahallalarda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta'minlash yo‘nalishida shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlarini tizimli davom ettirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


