Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyatini o‘rgandi
2026-09-24 17:25:00 / Yangiliklar

Dastlab vazir qutqaruvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Unda xodimlarning xizmat faoliyati, mavjud muammolar, xizmat sharoitlari hamda qutqaruvchilarning kasbiy tayyorgarligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shundan so‘ng qutqaruv qismlari faoliyati ko‘zdan kechirilib, ularning moddiy-texnik ta’minoti, maxsus texnika va asbob-uskunalarning holati, shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan xizmat sharoitlari o‘rganildi.
Shuningdek, vazir viloyat hududidagi bir nechta bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan qutqaruv qismlarida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi, xodimlar uchun yanada qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish lozimligi yuzasidan zarur topshiriqlar berdi.




