Men - qutqaruvchi volontyorman
2026-09-16 13:30:00 / Yangiliklar
Xorazm viloyati FVB tomonidan volontyorlar ishtirokida amaliy va nazariy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida FVB xodimlari yosh volontyorlarga shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish tartibi bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar bermoqda.Shuningdek, volontyorlar amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, qutqaruvchilarga ko‘maklashmoqda.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlari volontyorlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.









