Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Tibbiyot birlashmasida tungi nazorat-profilaktika tadbirlari o‘tkazildi
2026-09-15 17:30:00 / Yangiliklar
Tadbir davomida muassasada yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, bemorlar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi.

Muassasa xodimlariga yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirish va yo‘riqnomalar berildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






