“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan hududiy bosh boshqarmalar, boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar shaxsiy tarkibi ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2026-09-03 18:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda masʼullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, axborot xavfsizligini taʼminlash, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, diniy ekstremizm va radikal gʻoyalarning salbiy oqibatlari, shuningdek, psixotrop moddalarni isteʼmol qilish va ularning noqonuniy muomalasining inson salomatligi, jamiyat va shaxs hayotiga zararli taʼsiri haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi hamda huquqiy madaniyatni oshirish, xizmat va kundalik hayotda qonuniylikka qatʼiy rioya etish, turli yot gʻoyalar va zararli illatlarga nisbatan hushyor va murosasiz munosabatda boʻlish muhimligi alohida taʼkidlandi.









