Samarqand viloyatida yana ikkita obyekt foydalanishga topshirildi
2026-08-29 20:20:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Samarqand viloyatida yana ikkita muhim obyekt — Samarqand tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, 21-kasbiylashtirilgan qutqaruv qismi hamda Bulung‘ur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi binolari qayta ta’mirlanib, zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi, faxriylar hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yangilangan binolar ko‘zdan kechirilib, yaratilgan shart-sharoitlar yuqori baholandi.
Yangi va zamonaviy xizmat binolari favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan xodimlar faoliyatining yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.









