Farg‘ona viloyatida yana bir obyekt va harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar topshirildi
2026-08-29 15:10:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida zamonaviy, barcha zarur shart-sharoitlarga ega “Yordon” tog‘ qutqaruv guruhi binosi hamda harbiy xizmatchilarga Farg‘ona shahrining Ekoshahar hududida barpo etilgan zamonaviy ko‘p qavatli uylardan yangi xonadonlar topshirildi.
Maxsus qutqaruv avtomobillari bilan ta’minlangan “Yordon” tog‘ qutqaruv guruhi binosining ochilishi tog‘li hududlarda qutqaruv ishlarini tezkor va samarali tashkil etish imkonini beradi.
Mazkur tadbirlar qutqaruvchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash hamda qutqaruv xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.









