Qutqaruvchilar uchun yangi va zamonaviy xizmat maskani
2026-08-29 13:05:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari boshchiligida Samarqand viloyatining Narpay tumani FV boʻlimini yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Albatta bu Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida qutqaruvchilar uchun ajoyib tuhfa boʻldi.
Yangi binoning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, “Jasorat maktabi” oʻquvchilari va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, faxriylar hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Ushbu bino qutqaruvchilar uchun zamonaviy yongʻin-qutqaruv avtomobili, qutqaruv asbob-anjomlari va bugungi kun talabiga mos keladigan shinam maʼnaviyat va maʼrifat oʻquv xonalari, oshxona, yuvinish xonasi, yotoqxona, oʻquv minorasi va sportzal kabi zamonaviy xizmat xonalari bilan jihozlangan.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.









