Yangi Oʻzbekiston — mustaqil taraqqiyot yoʻlida
2026-08-25 09:10:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasining Moʻynoq tumanida joylashgan Ixtisoslashtirilgan tabiatni tiklash batalyoni muddatli harbiy xizmatchilari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbiring asosiy maqsadi — yosh harbiy hizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini boyitish hamda Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlashdan iborat boʻldi.
Jarayonda askarlar "Yangi Oʻzbekiston — mustaqil taraqqiyot yoʻlida" nomli kitob koʻrgazmasi ishtirok etdilar. Koʻrgazmada mamlakatimiz mustaqilligi, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot yoʻli, milliy qadriyatlar, Vatan tarixi va bugungi islohotlarga bagʻishlangan adabiyotlar oʻrin olgan.



