Xizmat tayyorgarligi va jangovar shaylik — doimiy eʼtiborda
2026-08-24 09:10:00 / Yangiliklar

Yigʻilish davomida xodimlarning xizmat tayyorgarligi va jangovar shayligini yanada mustahkamlash, ijro intizomiga qatʼiy rioya etish, berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, viloyat hududida sodir boʻlgan yongʻinlar holati tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari va kelgusida bunday hodisalarning oldini olish boʻyicha zarur choralar belgilandi.
Yakunida shaxsiy tarkibga xizmat vazifalarini yuqori masʼuliyat bilan bajarish, favqulodda vaziyatlarga doimo shay turish hamda aholining xavfsizligini taʼminlashda tashabbuskorlik va fidoyilik koʻrsatish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Kelgusidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat sifatini oshirish ustuvor vazifa etib belgilandi.




