Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh xodimlari davlat mukofoti bilan taqdirlandi
2026-08-22 19:15:00 / Yangiliklar
II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan
Ikramov Azizbek Israilovich - O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Kurbanov Xolmurad Abdusalamovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kafedra professori.
“Mardlik” ordeni bilan
Ochilov Xurshid Ziyadullayevich - Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi markaz boshlig‘i.
“Jasorat” medali bilan
Pardayev Boburmirzo Komiljon o‘g‘li (marhum) - Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus qutqaruv batalyoni guruh komandiri.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Azimova Barno Batirovna - Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi bo‘lim katta inspektori;
Ibragimov G‘ayratjon Nigmatovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i;
“Shuhrat” medali bilan
Bariyeva Albina Ildusovna - Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi favqulodda vaziyatlarda boshqarish markazi katta navbatchi dispetcheri;
Kolandarov Furqot Farxodovich - Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Urganch shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi guruh komandiri;
Mamatqulov Farruxjon Saminovich - Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus qutqaruv otryadi suvda qutqaruv guruhi qutqaruvchisi;
Mamatqulov Shavkat Kiryigitovich - Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus qutqaruv otryadi qutqaruvchi-yo‘riqchisi;
Samandarov Anvar Odilovich - Navoiy viloyati Karmana tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i;
Sharapov Husniddin Muysinovich - Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi obyektlarida favqulodda vaziyatlar bo‘limi guruh komandiri.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi davlat mukofoti bilan taqdirlangan safdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.
