“Qamchiq” dovonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik muhokama qilindi
2026-08-12 08:55:00 / Yangiliklar
“Qamchiq” dovoni hududida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish, yoʻl infratuzilmasi obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Undada A-373 “Toshkent–Oʻsh” avtomobil yoʻli va “Angren–Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.
Shuningdek, kuch va vositalarning shayligi, qishki qarov tadbirlari, muhandislik-himoya inshootlarining holati, zarur zaxira materiallarini yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.




