Musobaqaga puxta tayyorgarlik — g‘alaba sari muhim qadam
2026-08-11 18:40:00 / Yangiliklar
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan qo‘l jangi musobaqasiga Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qizg‘in tayyorgarlik olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida xodimlarning jismoniy tayyorgarligi, kuch va chidamliligi, tezkor harakatlanishi hamda qo‘l jangi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari muntazam takomillashtirilmoqda.
