Yong‘in va xavfli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-08-11 17:45:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB tomonidan “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJning yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, shuningdek, Amudaryo tumani “Tashyop” OFYda odamlar va hayvonlar o‘rtasida o‘ta xavfli kuydirgi kasalligining tarqalishining oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va Veterinariya xizmatlari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.




