Qutqaruvchi volontyorlar tabiatni yong‘inlardan asrash yo‘lida
2026-07-28 17:00:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati FVB hamda Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida Jomboy tumanidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘ida “Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida “Tabiatni yong‘indan birgalikda asraylik” aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya davomida qutqaruvchi volontyorlar bog‘ hududini yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi chiqindilardan tozalab, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi.
Tadbir tabiatni yong‘inlardan asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishga chorlashga qaratildi.







