Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid!
2026-07-23 19:40:00 / Yangiliklar
Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda FVV hamda boshqa tegishli tashkilotlar mas'ullari, harbiy xizmatchilar, xizmatchilar ishtirok etdi.
Tadbirda mas'ullar tomonidan korrupsiyaning ayanchli oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, “Nadomat” nomli video film namoyish etilib, unda keltirilgan real hayotiy misollar orqali korrupsiya oqibatlari va unga qarshi kurashning ahamiyati yana bir bor yetkazildi.









