Andijon viloyati FVB va Toshkent viloyati FVBBda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etildi
2026-07-22 18:15:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga yetkazadigan salbiy ta’siri, uning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilarga korrupsion xatti-harakatlarning inson taqdiri, oila va xizmat faoliyatiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi “Nadomat” nomli film misolida real voqealar asosida namoyish etildi.
Shuningdek, xodimlarni halollik, vijdonlilik va fidoyilik tamoyillari asosida xizmat olib borishga undash, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




