Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-07-14 09:20:00 / Yangiliklar

#Dolzarb_60_kun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB tomonidan hamkorlikdagi xizmatlar bilan birgalikda "Baland qavatli turar joy binolarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong‘inlarni o‘chirish va qutqaruv ishlarini olib borish" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida shartli yong‘in vaqtida tezkor kuch va vositalarni jalb etish, qutqaruv bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish, binoda qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.






