"Dolzarb 60 kun" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi
2026-07-09 16:30:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan "5-iyuldan 5-sentyabrgacha yurtimizda o'tkazilayotgan, yoz mavsumida yong'inlarning oldini olishga qaratilgan "Dolzarb 60 kun" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.
Unda "Dolzarb 60 kun" tadbirining asosiy maqsad va vazifalari, yozning issiq va quruq ob-havo sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yong'inlarning oldini olish, aholi hamda tashkilotlarda yong'in xavfsizligi madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.







