"Dolzarb 60 kun" keng qamrovli profilaktik tadbirini samarali tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-07-09 09:55:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida "Dolzarb 60 kun" keng qamrovli profilaktik tadbirini samarali tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tadbir doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilishlarda aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini yanada yuksaltirish, profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, xonadonlar, ijtimoiy soha obyektlari, dala maydonlari, ishlab chiqarish korxonalari hamda yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallalar kesimida tushuntirish ishlari, targ‘ibot tadbirlari, reydlar hamda hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan profilaktik chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.




