''Korrupsiya - iqtisodiy va ijtimoiy muammolar manbai!''
2026-06-29 18:05:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Xorazm va Farg‘ona viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida ''Korrupsiya - iqtisodiy va ijtimoiy muammolar manbai!'' mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad shaxsiy tarkib o'rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdеk, korrupsiya holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirishdan iborat.



