Jizzaxda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
2026-06-22 12:45:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar hamkorligida barcha turdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda tegishli tashkilotlar rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etib, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida mavjud holat va aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, viloyat hududidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmagan bir qator holatlar aniqlandi. Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.




