Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘quv-seminar o‘tkazildi
2026-06-21 16:50:00 / Yangiliklar

O‘quv-seminar davomida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish borasida profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, aholi yashash xonadonlari va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarlarni oldini olish, oqibatlarini samarali bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini muntazam oshirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va muvofiqlashtirilgan harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Seminar yakunida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



