Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov rahbarligida Toshkent shahrida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi
2026-06-20 15:10:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar va yongʻinlardan muhofaza qilish sohasida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish hamda xodimlarning favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini shakllantirish mavzusida oʻtkazilgan ushbu seminarda vazirlik markaziy apparati, Toshkent shahar FVBB rahbariyati, boʻlim boshliqlari hamda hududiy boshqarma va boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.

Seminar davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda sohadagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, tahlillar asosida kelgusi faoliyatning asosiy yoʻnalishlari belgilab olindi.
Tadbir yakunida rahbar xodimlarga profilaktik tadbirlar va oʻquv mashqlarini samarali tashkil etish, xizmat faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi.






