Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Maʼnaviyat qalqoni” kitobxonlik tanlovining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda
2026-06-20 10:55:00 / Yangiliklar
Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi, Andijon tumani FVB hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi OFVBlarida tanlovning dastlabki bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlov tasdiqlangan Nizom asosida kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilar, FVV Akademiyasi kursantlari, Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” HAL hamda muddatli harbiy xizmatchilar oʻrtasida alohida-alohida oʻtkazilmoqda.
Bu kabi tadbirlar qutqaruvchilar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, shaxsiy tarkibning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






