Xavfsizlik saboqlari va yoshlar shijoati birlashgan kun
2026-06-20 10:05:00 / Yangiliklar
“Yoshlar oyligi” doirasida Fargʻona va Andijon viloyatlari FVB xodimlari tomonidan yozgi bolalar oromgohlarida yoshlar bilan uchrashuv hamda Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani FVB xodimlari tomonidan "Ochiq eshiklar kuni" maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda.

Tadbirlar davomida yoshlarga favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda choʻmilish mavsumida amal qilinishi lozim boʻlgan xavfsizlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berilib, maxsus texnikalar namoyishi oʻtkazildi.
Bundan tashqari, bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli qiziqarli oʻyinlar, amaliy mashgʻulotlar hamda sport musobaqalari oʻtkazildi. Tadbir yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, ularning xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.







