Bo‘stonliqdagi bolalar oromgohida “Fuqaro muhofazasi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi
2026-06-19 17:50:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Aloqachi” bolalar dam olish maskanida dam olayotgan bolalar uchun “Fuqaro muhofazasi” mavzusida amaliy seminar hamda ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarda o‘zini tutish qoidalari, shuningdek, birlamchi xavfsizlik ko‘nikmalari yuzasidan amaliy va nazariy tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qildi.
Xavfsizlik qoidalarini bilish va ularga qat'iy rioya qilish har bir insonning hayoti va salomatligini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.
