Farg‘onada videokonferensaloqa shaklida seminar o‘tkazildi
2026-06-19 09:45:00 / Yangiliklar
Farg‘ona viloyati FVB tomonidan yoqilg‘i mahsulotlarini saqlash, tashish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida seminar o‘tkazildi. Unda viloyat hokimligi, FVB, IIB, Prokuratura, “O‘zenergoinspeksiya” hududiy bo‘limi hamda boshqa daxldor tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Seminarda yoz mavsumida energetika obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, viloyat hududida neft mahsulotlarining noqonuniy saqlanishi va savdosining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Seminar yakunida sohada uchrayotgan mavjud muammolar tanqidiy tahlil qilinib, yoqilg‘i quyish shoxobchalari rahbarlari va mas’ul xodimlariga texnika, mehnat hamda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi va aniq vazifalar belgilandi.




