Nukus shahrida ko‘p qavatli turar joylarda o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-06-19 09:00:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Nukus shahridagi ko‘p qavatli turar joylarda yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi, qutqaruv ishlarini tashkil etish hamda xizmatlarning o‘zaro hamkorligi amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.









