Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi
2026-06-18 13:40:00 / Yangiliklar

O‘rganishlar davomida yoqilg‘i mahsulotlarini saqlash, tashish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi subyektlarda yong‘in hamda texnogen xavfsizlik talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘in va texnogen xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish hamda profilaktik nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari boshchiligida Toshloq tumani hududlarida ham joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.


