DIQQAT EʼLON!
2026-06-17 12:00:00 / Yangiliklar

Shunga muvofiq, FVV Akademiyasi yoshlarni oʻqishga taklif qiladi.
1. Bakalavriatning kunduzgi va masofaviy taʼlim shakliga:
🔹 Hayot faoliyati xavfsizligi;
🔹 Kimyo muhandisligi;
🔹Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi.
2. Magistraturaning kunduzgi va masofaviy taʼlim shakliga:
🔹Ekologiya;
🔹Kimyoviy texnologiya;
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (kunduzgi va masofaviy).
Akademiyaning bakalavriati va magistraturasiga talabalarni kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi.
Akademiyaning bakalavriati va magistraturasiga talabalarni masofaviy taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlim shaklini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi.
Murojaat uchun telefon raqamlari (97) 267-76-27
