Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari boshchiligida zararli chigirtkalarga qarshi olib borilayotgan tadbirlarni oʻrganish ishlarining navbatdagi manzili Xorazm viloyati boʻldi
2026-06-16 17:45:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, vazir oʻrinbosari rahbarligida, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa daxldor tashkilotlar hamkorligida zararli chigirtkalar tarqalgan hududlarda olib borilayotgan tadbirlar oʻrganilmoqda. Xususan, bugun Xorazm viloyatida zararli chigirtkalar tarqalgan va tarqalish ehtimoli yuqori boʻlgan hududlarda maxsus texnika va vositalar yordamida olib borilayotgan kimyoviy ishlov berish jarayonlari koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh choʻl va yaylov hududlarida zararli chigirtkalarning kirib kelishining oldini olish maqsadida kuchaytirilgan nazorat postlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan dala sharoitida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda mavjud kuch va vositalardan oqilona foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi kurashish ishlari barcha masʼul tashkilotlar hamkorligida qatʼiy nazorat ostida davom ettirilmoqda.




