FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlari kasb-hunarga o‘qitilmoqda
2026-06-15 21:00:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar uchun oliy ta’lim muassasalari, kollej va texnikumlar bilan hamkorlikda “Bir askar – bitta kasb” tamoyili asosida o‘quv kurslari tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qaroriga muvofiq, FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlari ham mazkur kurslarda faol ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida ular oshpazlik, kompyuter savodxonligi, avtomobil shinalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda xodimlar bilan ishlash kabi zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni egallamoqda. Bu esa yoshlarning harbiy xizmat davomida kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, xizmatdan so‘ng esa munosib kasb egasi sifatida mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilmoqda.
Mazkur tashabbus askarlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularning kelajak hayotiga mustahkam poydevor yaratish hamda Vatan himoyachilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biridir.







