"CAEx" markazida amaliy-taktik mashg‘ulot tashkil etildi
2026-06-15 11:40:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan "CAEx" markazida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha amaliy-taktik mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida shartli favqulodda vaziyat sharoitida aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘inni o‘chirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi.
