O‘zlikni anglash – ma’naviy rivojlanish poydevori
2026-06-12 17:55:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Unda buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, qutqaruv qismlari va bo‘linmalarda to‘plangan eng ilg‘or tajribalar, jangovar tayyorgarlikda erishilayotgan yutuqlar, mamlakatimiz tarixidagi yorqin voqea-hodisalar targ‘ib qilinib, yetakchi mutaxassislar, olimlar va ijodkorlar bilan uchrashuvlar, qutqaruv qismlariga tashriflar uyushtirildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlar va harbiy xizmatchilarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish, shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarining ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









