Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Qiziriq tumani hududida “G‘alla–2026” o‘rim-yig‘im mavsumi jarayonlari o‘rganildi
2026-06-12 17:55:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida g‘alla maydonlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, qishloq xo‘jaligi texnikalarining sozligi hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi nazorat qilindi.
Shuningdek, o‘rim-yig‘im ishlariga jalb qilingan mas’ul shaxslar va ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan tushuntirish va yo‘riqnomalar berildi.



