Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda
2026-06-12 17:25:00 / Yangiliklar

O‘quv mashqida shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar ssenariylari asosida amaliy harakatlar bajarilmoqda. Jumladan, qutqaruvchilar tomonidan talafot ko‘rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilib, jabrlanganlarga tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, ularni vaqtincha joylashtirish hamda zarur sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda.
Mashqlar davomida xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, tezkorlik va muvofiqlashtirilgan harakatlar sinovdan o‘tkazilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi amaliy jihatdan mustahkamlanmoqda.









