Toshkent viloyati FVBB xodimlari tomonidan O‘rta Chirchiq tumanidagi suv havzalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
2026-06-12 14:10:00 / Yangiliklar

Profilaktik tadbirlar davomida cho‘milish taqiqlangan hududlarda dam olayotgan fuqarolar va nazoratsiz qolgan bolalar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Kater, gidroskuter va boshqa kichik hajmli suzish vositalari egalari bilan xavfsizlik qoidalariga rioya etish, qutqaruv nimchalaridan foydalanish hamda xavfli manevrlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, tadbirlar davomida soha xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarga sabab bo‘luvchi omillar ham aniqlanib, qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan fuqarolarga choralar ko‘rilmoqda.





