Navoiy viloyatida joylashgan “Sarmish” bolalar oromgohida ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi
2026-06-12 11:45:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, "NKMK" AJ va "Navoiyuran" DK obyektlarida favqulodda vaziyatlar markazi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi hamkorligida Navoiy viloyatidagi “Sarmish” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat boʻldi.









