"Vazir va yoshlar" uchrashuvining navbatdagi manzili Urganch shahri bo‘ldi
2024-08-02 11:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zining uzoq hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritib, kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va murojaatlari ham tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Tadbirning ikkinchi qismida yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi tashkil etilib, yoshlar qutqaruvchilar xizmati davomida foydalanadigan zamonaviy texnika va asbob-anjomlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir yakunida, faol yoshlarga "Tashakkurnoma" va esdalik sovgʻalari hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikasi tantanali topshirildi.





