Buxoro viloyati FVB tomonidan Buxoro shahrida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-06-12 10:40:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida maskandagi xodimlariga yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, evakuatsiya qoidalariga rioya etish hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari tushuntirildi.
Shuningdek, shartli yong‘in holati bo‘yicha amaliy mashq o‘tkazilib, ishtirokchilarning evakuatsiya harakatlari sinovdan o‘tkazildi.




