Korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
2026-06-11 15:55:00 / Yangiliklar

Tadbirlar davomida xodimlar tomonidan xizmat intizomiga qat’iy rioya etilishi, amaldagi qonunchilik talablarini so‘zsiz bajarish hamda xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash masalalariga alohida urg‘u berildi.
Shu bilan birga, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xodimlarning xizmat mas’uliyatini oshirish, fuqarolar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish hamda xizmat etikasi me’yorlariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbirlar doirasida xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohaza va takliflari tinglandi, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda davom ettirish, ular orqali tizimda qonuniylik, xizmat intizomi va shaffoflikni yanada mustahkamlash muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.









